Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi «Bishkek — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi parvoz 2024 yil 3 sentabrga belgilangan.
«Bishkek — Toshkent — Bishkek» yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari MD-80 samolyotida amalga oshiriladi.
TezJet Qirg‘izistonning 2013 yilda tashkil etilgan aviakompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Bishkekning «Manas» aeroportida joylashgan.