Ruminiyada prezidentlik saylovlarida o‘ng nomzod yetakchilik qilmoqda

Jahon 09:33 735

25 noyabr, dushanbaga o‘tar kechasi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, o‘ng siyosatchi Kelin Jorjyesku Ruminiyadagi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida 22,18 foiz bilan yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda 20,3 foiz ovoz bilan sotsial-demokrat va Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku turibdi, u ekzitpollar natijalariga ko‘ra g‘alaba qozonishi bashorat qilingan edi. Uchinchi natijani «Ruminiyani qutqarish ittifoqi» liberal partiyasidan Yelena Laskoni ko‘rsatmoqda (17,94 foiz). Kuchli to‘rtlikni o‘ta o‘ng nomzod Jorjye Simion 14,18 foiz ovoz bilan yakunladi.

Taxminan 19 million kishi istiqomat qiluvchi Ruminiyadagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 21.00 (Toshkent vaqti bilan 23.00)gacha ochiq edi. Tahlilchilarning fikricha, mamlakatda kuchli siyosiy keskinlik hukm surmoqda, norozilik 2023 yilda 10 foizga yetgan va 5,5 foiz darajasida qolayotgan rekord darajadagi inflatsiya tufayli yuzaga kelgan.

Ruminiyada davlat rahbari tashqi va xavfsizlik siyosatini belgilaydi, qurolli kuchlar oliy qo‘mondoni hisoblanadi va razvedka xizmatlarini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Ruminiyada parlament saylovlari 1 dekabrga belgilangan.

Saylovda jami 13 nafar nomzod ishtirok etdi. Ikkinchi tur 8 dekabrga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: