Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin

Jahon 21:36 / 23.07.2024 7675

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri ma’muriyati avtotransport vositalarining kirishi uchun yig‘im joriy etishni taklif qiluvchi qaror loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qaror loyihasi ma’qullansa, shahar ma’muriyati tomonidan yo‘llarda yig‘im qabul qiluvchi punktlar tashkil etiladi yoki avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari o‘rnatiladi. 1 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida avans to‘lagan haydovchilarga 30 foizlik chegirma beriladi.

Shahar aholisining transport vositasiga yig‘im joriy qilinmaydi.

Hududlarda va xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar quyidagi hollarda yig‘im to‘lashdan ozod etilishi mumkin:

- tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan yuklarni tashish;

- xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga va ularning filiallariga tegishli bo‘lishi;

- texnik yoki yong‘inga qarshi xizmatlarga, tez yordamga va boshqalarga tegishli;

- davlat organlariga tegishli.

Loyihada Bishkek shahri yo‘llariga kirmasdan umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanayotganda yig‘im olinmasligi aytilgan.

Shaharda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin norezident davlat raqami bo‘lgan avtomashinalariga ega bo‘lgan shaxslarga avtomobillarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 10 kalendar kun muddat beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: