Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda

Jahon 18:01 1480

YeI va Buyuk Britaniya AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa tovarlari importiga bojlarni oshirishiga javob choralarini tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib Politico ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va Britaniya amaldorlari AQShda hokimiyat tepasiga kelgan Donald Tramp «Yevropa eksportiga zarba bermasligiga» umid qilmoqda, ammo «ular javob choralari, jumladan, qarshi tariflar tayyorlab qo‘yilgan». Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel va London bir necha oy davomida savdo urushining ehtimoliy ssenariysini ishlab chiqqan.

Avvalroq Tramp Yevropa tovarlariga bojlar joriy etilishi mumkinligini aytgandi. Inauguratsiyadan keyin u YeI agarda yangi bojxona siyosatidan qochishni xohlasa-da, AQShdan ko‘proq neft va gaz sotib olishi kerakligini ma’lum qilgandi. «Biz bunga bojlar yordamida erishamiz yoki ular bizning neft va gazlarimizni xarid qilishi kerak», — degan AQSh prezidenti.

YeI Donald Tramp proteksionistik siyosatga qaytishidan va u o‘zining birinchi prezidentlik davrida bo‘lgani kabi Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga bojlarni yana oshirishidan xavotirda. O‘shanda AQSh prezidenti Yevropa po‘lati va alyuminiysiga mos ravishda 25 va 10 foizli tariflarni joriy etgandi.

The Telegraph’ning yozishicha, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer AQShning yangi administratsiyasi bilan mamlakatni bojlardan ozod qiladigan alohida bitim imzolashga urinmoqda. Ammo qirollik proteksionistik yondashuvni istisno etmayapti. 16 yanvar kuni Buyuk Britaniya biznes va savdo ishlari vaziri Jonatan Reynolds Sky News bilan suhbatda AQSh bilan savdo urushi yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: