O‘zbekistonda Yaponiya universiteti ochilishi mumkin

O‘zbekiston 09:01 1088

Ushbu yetakchi xorijiy moliya instituti bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakat yetakchisi JICA rahbarining bu galgi tashrifi iqtisodiy va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini qayd etdi. Agentlikning Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda strategik hamkor sifatidagi o‘rni qayd etildi.

Bugungi kunda energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalar portfeli 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. O‘tgan yili hamkorlik bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilingan edi.

O‘zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi va Yoshlar innovatsiya markazi samarali faoliyat yuritmoqda.

Agentlik orqali 2,5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis Yaponiyada o‘qidi va amaliyot o‘tadi. Ushbu mamlakatdan kelgan ko‘ngillilar O‘zbekistonda muhim ijtimoiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Bundan tashqari, kuni kecha Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash to‘g‘risida bitim imzolandi.

O‘zbekiston prezidenti JICAning mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Xususiy sektor loyihalarini amalga oshirish, yaponiyalik investorlar uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etish, Yaponiya universitetini ochish, shuningdek, professional ta’lim sohasida hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

"Yo‘l xaritasi" asosida joriy va istiqbolli loyihalarni ilgari surishning yangi mexanizmlarini tatbiq etishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: