Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi

O‘zbekiston 18:40 370

Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari quyidagicha ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi:

- qonun loyihalari bo‘yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beg‘araz asosda;

- qonunosti hujjatlari loyihalari bo‘yicha - tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida.

Bunda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosa tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, xulosa loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot ilmiy ekspertiza xulosasida ko‘rsatilgan taklif, e’tiroz va fikr-mulohazalar yoki ularning bir qismini inobatga olmagan taqdirda, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlaydi.

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalarining elektron reyestri yuritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: