Ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston 14:28 307

Quyidagilar joriy etiladi:

  • O‘zbekiston hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davr bo‘yicha (I tip) Yashil belgi mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi (ekologik markirovkalash tizimi);
  • mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholash tartibi.

Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi hamda unga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:

➖ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi qoidalari, ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qo‘llash tartiblarini tasdiqlash;
➖ekologik markirovkalash organlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;
➖ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik jihatdan afzal, shu jumladan, resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
➖ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish.

Shuningdek, ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: