Latviya Ichki ishlar vazirligi Rossiya va Belarus fuqarolarining muhim infratuzilma obektlari boshqaruvida mas’ul lavozimlarni egallashini taqiqlovchi milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish tayyorladi. Bu haqda LETA milliy agentligi xabar berdi.
IIV qonunga kiritiladigan mazkur o‘zgartirishlarni «Latviya davlati va jamiyati xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish» zarurati bilan izohladi.
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Rossiya va Belarusning jismoniy hamda yuridik shaxslari endi Latviyadagi nafaqat muhim infratuzilmalar «egasi, boshqaruvchisi yoki benefitsiari» bo‘la olmaydi, ammo balki bu kabi obektlarga xizmat ham ko‘rsata olmaydi. Latviya davlat xavfsizlik organlaridan maxsus ruxsat olganlar uchun istisno qilinishi mumkin.
O‘z navbatida muhim infratuzilma obekti egalariga «hududiy yaxlitlik, suverenitet va mustaqillik yoki demokratik davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga tahdid uyg‘otadigan» davlat yoki shaxslarni qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
2023 yil sentabrda Latviya Seymi deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan milliy xavfsizlik konsepsiyasi loyihasini ma’qullagan edi — undagi bandlardan birida Latviya rus tilida faoliyat yuritadigan OAVning yopilishi nazarda tutilgan.
Avvalroq Latviya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.