Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»

Jahon 03:52 4933

Vashingtonda butun dunyoga ta’sir qiladigan voqea sodir bo‘ldi, Donald Tramp rasman AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Trampning inauguratsiya marosimi boshlandi va rasman Oq uy rahbarligi Jo Baydendan Trampga o‘tdi.

«Men Donald Jon Tramp AQSh prezidenti vazifasini vijdonan bajarishga, Qo‘shma Shtatlar konstitutsiyasini qo‘llash, asrash, himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman. Bu yo‘lda Xudo menga yor bo‘lsin», deb amerikalik soliq to‘lovchilar oldida ont ichdi Donald Tramp. Bu vaqtda AQShning 47-prezidenti qo‘llarini an’anaga ko‘ra Injilga qo‘yib turdi. Nasroniylar muqaddas kitobi esa bu gal ham Trampning xotini Melanya ushlab turdi.

Videoni ko‘rgan bo‘lsangiz, Melanyaning qo‘lida ikkita kitob bor edi. Ulardan biri Trampning shaxsiy kutubxonasida saqlanadigan, unga onasi 1955 yilda sovg‘a qilgan Ilnjil. Ikkinchisi esa Avraam Linkoln 1861 yilda foydalangan Injil. Uni Amerikada Linkoln Injili deyishadi.

Marosim Kapitoliyning ichkarisida o‘tkazildi. Odatda inauguratsiya marosimi bu tarixiy bino tashqarisida o‘tkazilardi, lekin bu gal havo sovuqligi uchun uni Kapitoliy ichiga ko‘chirishdi. Marosimda AQShdagi barcha tirik sobiq prezidentlar Bill Klinton, Barak Obama, kichik Jorj Bush va Jo Bayden qatnashdi. Umumiy hisobda Kapitoliyda 200 ming atrofida odam yig‘ildi.

Tramp qasamyod qabul qilganidan keyin rasman AQSh prezidentiga aylandi va ilk bayonotini hali sahnadan tushmay berdi. U AQShning janubiy chegaralarida favqulodda holat e’lon qildi va noqonuniy migrantlar mamlakatni kesib o‘tishiga ortiq yo‘l qo‘yilmasligini aytdi. «Hamma noqonuniy migrantlar kelgan joyiga qaytariladi», dedi Tramp. Yangi prezident AQSh milliy gvardiyasini noqonuniy migrantlar kirib kelishiga qarshi turish uchun janubiy chegaralarga yuborishini aytdi.

Tramp narkotik savdosi bilan shug‘ullanadigan kartellarni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilishini e’lon qildi. Shuningdek, AQSh rasman doirada faqat ikki jinsni – erkak va ayol jinsini tan olishini ma’lum qildi.

Trampning inauguratsiyagacha bo‘lgan boshqa davlatlarni qo‘shib olish gaplari shunchaki gap emaskan, chunki respublikachi prezidentlikka kirishgan ilk daqiqalaridayoq bu gapini takrorladi. «Bayrog‘imiz yangi va ajoyib horizontlarda hilpiraydi, fazogirlarimiz esa AQSh bayrog‘ini Marsga o‘rnatishadi», dedi Tramp. Prezident bu gapni aytganda Ilon Mask xursandchilikdan sakrab yubordi.

Oq uy saytida ham Trampning so‘zlari baydo bo‘ldi. «Amerika qaytdi. Prezidentlik lavozimimdagi har bir kunda oxirgi nafasim qolguncha siz uchun kurashaman. Amerika farzandlarimiz faxrlanadigan darajada kuchli bo‘lmaguncha charchamayman. Ishoning, Amerika uchun chinakam oldin asr boshlandi», degan Tramp Oq uy e’lon qilgan chiqishda.

Bayden nimalar qildi?

Inauguratsiya marosimida endilikda sobiq prezident Jo Baydenning harakatlari e’tiborni tortdi. Bilsangiz, Donald Tramp Baydenga saylovda yutqazib qo‘ygach uning inauguratsiya marosimida qatnashmagandi. To‘g‘ri, demokratlarda bunaqa odat yo‘q, lekin Bayden Trampning inauguratsiya marosimida favqulodda xursand o‘tirdi. Bayden uni bir debatning o‘zida mag‘lub etgan raqibi mardlarcha Oq uy eshiklari oldida kutib oldi va Oval kabinet rahbarligini unga topshirdi. Uyingizga xush kelibsiz, prezident Tramp deb ham qo‘ydi.

Keyin Tramp qasamyod qabul qilayotgan vaqtda ham Bayden rohibning yonida turdi. Hatto raqibining qiziga iltifot ko‘rsatib, unga joy ham bo‘shatib berdi. Xullas, Bayden xuddi o‘z partiyadoshi saylovda yutgandek yaxshi kayfiyatda edi. Aslida shunday bo‘lishi ham kerak aslida. Bayden yarim asrdan ortiq siyosat bilan shug‘ullangan odam sifatida bunday siyosiy jyentelmenlikni o‘rniga qo‘yishi tabiiy.

Shunaqa gaplar. Xullas, yana Trampning davri qaytdi, o‘rtoqlar. Endi tez-tez u haqda videlar qilib turamiz. Sizdan esa videolarimizga like bosib, fikringizda izohlarda qoldirishingizni so‘raymiz.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi – Jahongir Aliboyev

Ko‘proq yangiliklar: