Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 18:25 3824

Marat Yo‘ldoshevich Jo‘rayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jo‘rayev tayinlovga qadar Prezident administratsiyasining bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shubasi mudiri lavozimida ishlagan.

Bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2024 yil 11 dekabr kuni Xalq banki raisining o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov tayinlangan, lekin ko‘p o‘tmay, dekabr oyi oxirida u Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimida 2024 yil 23 sentabrdan buyon Botir Zohidov faoliyat olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: