Tojikistondan O‘zbekistonga 20 kgdan ortiq opiy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Narkosavdogarlar avvaldan 100 ming dollarga sotib olishga kelishilgan opiy uchun 20 ming dollar berib, uni O‘zbekiston hududiga olib o‘tayotganida qo‘lga tushgan. Sud hukmi bilan uch nafar narkojinoyatchiga 16 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Illyustrativ foto
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi D.A. hozirda jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratib olingan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumaniga borib, narkosavdogardan avvaldan 100 ming dollarga sotib olishga kelishilgan 20 kilogramm 747 gramm opiy moddasi uchun 20 ming dollar bergan.
So‘ngra u giyohvandlik vositasini o‘zbek—tojik davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan joyga yetkazib berishi kerakligini aytib, O‘zbekistonga qaytgan.
Oradan bir kun o‘tib, D.A. o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan Tojikiston fuqarosi S.M. bilan aylanma yo‘llar orqali Panjikent tumaniga borgan va kelishilgan manzilga narkokurerlar yetkazib bergan opiy giyohvandlik vositasini qabul qilib olib, O‘zbekiston hududiga qaytib o‘tgan vaqtlarida, qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov jarayonlarida ushbu noqonuniy ishga Urgut tumanida yashovchi J.R. ham aloqadorligi ma’lum bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan fuqarolar D.A. va S.M. Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biri 16 yil 6 oy muddatga, fuqaro J.R. esa 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

08:00 / 01.03.2025
Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lganlar ushlandi

13:26 / 25.02.2025
Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi

19:42 / 21.02.2025