2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-habi tashkil etiladi.
Mo‘ynoq shahri atrofidagi orol tubi tiklanadi, iqlim texnologiyalari va zarar ko‘rgan ekotizimlarni tiklashga ixtisoslashgan kompaniyalar klasteri tashkil etiladi.
Qum to‘siqlari va shamol muhofaza yo‘llari yordamida qum fiksatsiya qilinadi. Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik trast fondi mablag‘lari jalb etiladi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,1 mln gektarga yetkazish rejalashtirilgan.
Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi mintaqasida o‘rmon barpo etiladigan maydonlar aniqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
Moliyalashtirish masalasini hal etish, talab etiladigan mablag‘larni ajratish ko‘zda tutilgan.
O‘rmon barpo etish ishlarini amalga oshirish va umumiy o‘rmonzorlar maydonini 2,1 mln gektarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.