Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga oshirilishi mumkin

O‘zbekiston 16:13 1373

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylangan fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyiha bilan fuqarolar yig‘ini raisi vakolati muddatini uch yildan besh yilga o‘zgartirish, shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda bo‘shab qolgan o‘ringa saylov o‘tkazish orqali saylangan yangi raisning vakolat muddatini ham besh yil etib belgilash taklif etilmoqda.

Qayd qilinishicha, qonun loyihasi bo‘yicha fraksiya a’zolari bir qator taklif va tavsiyalar bildirib, uni ma’qullagan.

Ko‘proq yangiliklar: