Mahallada sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi

Sport 21:10 / 20.03.2024 15015

Qarorga ko‘ra, futbol bo‘yicha mahalla terma jamoalari o‘rtasida ikki bosqichli «Mahalla ligasi» o‘tkaziladi. 

Shu bilan birga, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi. 

Har yili 1 yanvargacha mahallalarda o‘tkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlanadi. 

Mahalla terma jamoalarining 12–15 yosh toifalari o‘rtasida ikki bosqichli «Mahalla ligasi» va 16–30 yosh toifalari o‘rtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

2024/2025 o‘quv yiligacha «Mahalla ligasi» musobaqalarida o‘z iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yo‘naltirib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

2024 yildan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 8–11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: