Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

O‘zbekiston 08:03 2680

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, hududlarda jamoat transporti tizimi rivojlantiriladi.

Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Hududlarda jamoat transportida elektron to‘lovlar jozibadorligini oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish (hozir 15 foiz) rejalashtirilgan.

Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinadi.

Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish mo‘ljallanmoqda.

Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 kmga yetkazish nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: