Toshkentda atrof-muhitni muhofaza qilish muzeyi tashkil etiladi

O‘zbekiston 14:13 / 11.01.2025 756

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Toshkent shahrida atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalariga ixtisoslashtirilgan muzey tashkil etiladi.

Muzey tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqiladi. Muzey tashkil etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer ajratiladi. Muzey tashkil etish ishlari boshlanadi.

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi qayta tiklanib, uni o‘z ichiga oluvchi “Yashil fuqaro” platformasi ishga tushiriladi. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi tiklanishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish uchun tegishli mablag‘lar har yili davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini qayta tiklash va uni o‘z ichiga oluvchi “Yashil fuqaro” platformasini yaratish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Platformalar ishga tushiriladi. Har yili uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ishlab chiqish jarayonida “Sog‘lom turmush tarzi” va “Yashil fuqaro” platformasini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tegishli takliflar va hisob-kitoblar kiritiladi. “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan oila a’zolari uchun “Yashil fuqaro” maqomini olish tartibi ishlab chiqiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: