Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
Mamlakat O‘zbekistonni ortda qoldirib, mintaqada birinchi o‘ringa chiqdi.

Foto:Qozog‘iston Mudofaa vazirligi
Global Firepower portali tomonidan e’lon qilingan eng kuchli armiyalar reytingida Qozog‘iston bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, harbiy qudrat bo‘yicha Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shnilarini ortda qoldirdi.
Mamlakatning asosiy harbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha muvaffaqiyatlari alohida qayd etilgan. Jumladan, Qozog‘iston baravariga otiladigan reaktiv raketa tizimlari soni bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinda (407 dona) va o‘ziyurar artilleriya soni bo‘yicha 21-o‘rinda. Mamlakatning mudofaa budjeti 2 mlrd dollarga baholangan. Faol harbiylar soni 110 ming kishini tashkil qiladi.
O‘zbekiston reytingda 58-o‘rinni egalladi. Mamlakat harbiy vertolyotlar soni bo‘yicha (34 ta) dunyoda 23-o‘rinda, o‘ziyurar artilleriya soni bo‘yicha (147 ta) dunyoda 25-o‘rinda, faol harbiylar soni (48 ming) bo‘yicha 75-o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatning mudofaa budjeti 2,8 mlrd dollarga baholangan.
Reytingda Turkmaniston 77-o‘rinni, Qirg‘iziston 105-o‘rinni va Tojikiston 108-o‘rinni egalladi.
Eng kuchli armiyalar reytingida birinchi o‘rinda AQSh, ikkinchi o‘rinda Rossiya. Keyin Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya. Turkiya, Yaponiya va Fransiya ham kuchli o‘ntalikka kirgan. Butan oxirgi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid

20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi

19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi

22:37 / 28.08.2024
Polsha 2025 yilgi davlat budjetidan mudofaa uchun rekord darajada mablag‘ ajratadi

18:22 / 18.08.2024