Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda 307 ta yirik loyiha ishga tushiriladi
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2025 yilda 42,5 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Loyihalarni amalga oshirish holati va investitsiyalarni o‘zlashtirish rejasini bajarish bo‘yicha oylik monitoring olib boriladi. Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hududlar rahbarlari faoliyati muvofiqlashtirib boriladi. Loyihalar doirasida aniqlangan muammolarni hal qilib borish va reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta’minlanadi.
2025 yilda 307 ta yirik va ahamiyatli loyihalarni ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.
Yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlari tarmoq jadvallari tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi. Tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hududlar bilan birgalikda loyihalar holati o‘rganib boriladi va aniqlangan muammolar bartaraf etiladi hamda ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Istiqbolli loyihalarga salohiyatli investorlarni jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
Istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantiriladi. Tashabbuskorlar bilan birgalikda loyihaoldi hujjatlar tayyorlanadi. Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan taqdimot o‘tkaziladi. Istiqbolli loyihalar bo‘yicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan kelishuvlarga erishiladi va ularni amalga oshirish bosqichlarini nazarda tutuvchi «yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.
Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar hajmini 15 mln dollarga yetkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish orqali hajmni oshirish choralari ko‘riladi. Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi. Qimmatli qog‘ozlar savdolari bo‘yicha har oyda hisobotlar shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

12:58 / 21.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

17:48 / 12.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

15:34 / 10.04.2025