«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda 2024 yilda ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmaganini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘tgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bog‘lash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yo‘lga qo‘yilishi zarurligi qayd etildi.
O‘tgan oyda Londonda “O‘zbekiston investorlari kuni” tashkil etilgani natijasida 2,77 milliard dollar jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Hongkong, Dubay, Shanhay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarda ham o‘tkazish topshirildi.
Xususiylashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bunda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqarib, IPO'ga qo‘yiladi, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotiladi.
“Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Investor keladi, deb o‘tirmasdan, elchilar uchrashuv tashkil etishi, vazirlar va hokimlar borib taqdimot qilishi kerak. Shunda natija bo‘ladi”, - dedi prezident.
Shu oyda Jizzaxda, iyun oyida esa Toshkent shahrida xalqaro investitsiya forumlari o‘tkaziladi. Vazirlar va hokimlarga hozirdan puxta tayyorlanib, investorlarga taklif qilish uchun loyihalar portfelini shakllantirish topshirildi. Bunday forumlarni yil davomida barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

12:10 / 05.05.2025
Britaniya agentligi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

15:20 / 17.04.2025