Yotoqxonalarda talabalar uchun qo‘shimcha yotoq o‘rinlari soni 8000 taga yetkaziladi

O‘zbekiston 15:43 595

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasi yaxshilanadi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan yaratiladigan qo‘shimcha yotoq o‘rinlari sonini 8000 taga yetkazish mo‘ljallangan.

Respublikadagi kamida 1 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli xalqaro reytinglarning birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritiladi.

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi. 

Xalqaro reyting tashkilotlari ekspertlari ishtirokida respublika oliygohlaridagi reyting uchun mas’ul xodimlarga seminar-trening tashkil qilinadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli reyting tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro tadbirlarida ishtiroki ta’minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: