Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
- 2025–2026 yillarda respublika hududlarida jami quvvati 164 megavatt bo‘lgan 3 mingta mikro gidroelektr stansiyalarni qurish dasturini;
- 2025 yilda 27 mingdan ziyod ijtimoiy va xususiy obektlarga hamda 35 mingta xonadonlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.