Niderlandiyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni to‘rt yil ichida birinchi marta kamaydi

Jahon 00:36 1219

Niderlandiyada qochqin maqomini olish uchun berilgan arizalar soni to‘rt yil ichida birinchi marta kamaydi. Bu haqda Migratsiya va boshpana taqdim etish masalalari vazirligiga tayanib, Trouw gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Niderlandiya Immigratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga umumiy hisobda 45,6 ming ariza kelib tushgan. 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich 50,6 mingni, undan olgi yil esa 48,6 mingni tashkil etgan. 2021 yilda qochqin maqomi berilishini so‘rab 36,8 ming kishi murojaat qilgan. 

Ta’kidlanishicha, nafaqat boshpana bo‘yicha yangi so‘rovlar, balki oilasi bilan birlashish, mamlakatda bo‘lib turgan shaxslarni qayta murojatlari, shuningdek, ko‘chish bo‘yicha so‘rovlar ham kamaygan.

«Ammo dekabr oyi uchun yakuniy raqamlar hali olinmadi va Suriyadagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi yil yakunlariga qanday ta’sir qilishi ko‘rishimiz kerak», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Niderlandiyadan boshpana so‘raganlarning 44 foizini suriyaliklar tashkil etgan. Iroq, Yaman, Turkiya va Eritreya fuqarolarining boshpana so‘rovlaridagi ulushi esa qariyb 5 foizdan.

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2011 yili Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida mamlakat aholisi dunyoning 130 davlatiga qochib ketgan. Ularning aksariyati Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misrdan qo‘nim topgan, yana milliondan ortig‘i — Yevropada.

Avvalroq Avstriya hukumati o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: