AQSh Ramshtaynda Ukrainaga yangi yordam paketini e’lon qiladi

Jahon 14:49 / 08.01.2025 1875

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Ramshtayndagi Ukraina bo‘yicha aloqa guruhida ishtirok etish uchun Germaniyaga tashrifi doirasida Kiyevga so‘nggi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqchi. Bu haqda 7 yanvar, seshanba kuni ikki yuqori martabali amerikalik amaldor so‘zlariga tayanib, AP axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlari yordam paketining aniq miqdorini aytmadi va bu «sezilarli» bo‘lishini ta’kidladi. Ayni paytda, rasmiylarga ko‘ra, u Ukrainaga yordam uchun Kongress tomonidan tasdiqlangan mablag‘ning bir qismi sifatida qolgan taxminan 4 milliard dollar miqdoridagi barcha mablag‘ni o‘z ichiga olmaydi. Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning mudofaa guruhi ixtiyorida «bir necha milliard dollar» qolishi mumkin, dedi AQSh ma’muriyati rasmiylari Lloyd Ostin bilan safarga ketayotgan jurnalistlar uchun brifingda.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga jalb qilingan Pentagon rasmiylari Trampning o‘tish guruhi bilan «muhim deb hisoblagan barcha masalalarni» muhokama qilmoqda, deya ta’kidladi rasmiylardan biri.

«Dronlar koalitsiyasi» Ukrainaga o‘n minglab UUA yetkazib beradi

AQSh boshchiligidagi Ramshtayn formati doirasida tuzilgan «dronlar koalitsiyasi» va «dengiz koalitsiyasi» deb ataladigan davlatlar tarkibiga kiruvchi yigirmadan ortiq mamlakat 2025 yilning yanvar oyidan boshlab Ukrainaga har xil turdagi «o‘n minglab» uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Lyuk Pollard 19 dekabr kuni Londonda Jamoatlar palatasi deputatlari oldidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, uning so‘zlarini "Yevropeyska pravda" nashri keltirgan.

«Tasdiqlashim mumkinki, yanvar oyida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda – biz Norvegiya va Latviyadagi hamkorlarimiz bilan birga yetakchilik qilayotgan dengiz va uchuvchisiz uchoqlar koalitsiyasi orqali o‘n minglab dronlarni yetkazib berishni boshlaymiz», — deya Pollard so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukraina nashri. «Britaniya hukumati Ukraina bilan hamkorlikni davom ettirib, uning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidagi taraqqiyotiga yordam beradi». Rasmiy shuningdek, Buyuk Britaniya «Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish sur’atini oshirish va Rossiya uchun urush olib borish xarajatlarini oshirish» maqsadida Ramshtayn davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Pollardning aytishicha, 19 dekabr kuni e’lon qilingan Ukraina uchun yangi 286 million dollarlik (275 million yevro) harbiy yordam paketi Buyuk Britaniya tomonidan boshqariladigan Ukrainaga yordam berish xalqaro jamg‘armasining 233 million dollarini o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘lar asosiy harbiy texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va ularning tarkibiy qismlarini sotib olishga, shuningdek, Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining jangovar salohiyatini mustahkamlashga yo‘naltiriladi, deya aniqlik kiritadi «Yevropeyska pravda».

Ko‘proq yangiliklar: