O‘zbekistonda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

O‘zbekiston 11:00 1393

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida:

  • aholi uchun piyoda va velosiped yo‘laklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi;
  • yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimini joriy etish natijasida yashillik darajasi oshirilishi;
  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, yashil bog‘lar va yashil parklarda quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
  • Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
  • o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 4,1 million gektarga yetkazilishi va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 14,5 foizgacha kengaytirilishi hamda ularning ekoturizm, ko‘chatchilik va dorivorchilik yo‘nalishlaridagi foydalanilmayotgan zaxiralari aniqlanib, safarbar qilinishi va aholining daromadlari oshirilishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simliklar (galofit) bog‘lari tashkil etilishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi, shuningdek xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etishga tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlarni ajratish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million dollar miqdorida mablag‘lar jalb etilishi;
  • jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi ta’minlanadi.
Ko‘proq yangiliklar: