O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov hamda Yaponiya hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Kanagava prefekturasi gubernatori Yuji Kuroiva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit natijasida xorijiy tomon vakillari, jumladan yapon investorlarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi tobora oshib borayotgani hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri yapon investorlari mablag‘lari bilan tashkil etilgan kompaniyalar soni ham bir necha barobar oshgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda Kanagava prefekturasining yuqori iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda mamlakatlar hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda investitsiyaviy, ta’lim, turizm va madaniyat yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.