O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtiryapti

Iqtisodiyot 15:03 / 06.01.2025 1680

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda daromad solig‘i va QQS stavkalari 2028 yilgacha oshirilmaydi.

Qayd etilishicha, soliq stavkalarining oshirilmasligi adolatli raqobat uchun shart-sharoitlarni ta’minlash va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan.

"Hozirda foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foizni tashkil etadi. Respublika rezidentlari dividend olish uchun 5 foiz soliq to‘laydilar, xorijiy fuqarolar va kompaniyalar uchun esa foyda solig‘i yuqoriroq, - deyiladi maqolada. O‘zbekistonda QQS stavkasi - 12 foiz. Mazkur soliqning 0 foiz miqdordagi stavkasi ayrim kommunal xizmatlar va eksport operatsiyalari uchun amal qiladi".

Agentlik O‘zbekiston 2025 yili 43 milliard AQSh dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirayotganini eslatib o‘tadi. Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari qariyb 33,4 milliard dollar, xarajatlari esa 37,3 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: