Kuvayt Sirdaryoda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etadi

Iqtisodiyot 13:16 / 02.01.2025 1813

Kuvayt vakili Sirdaryo viloyati, xususan Boyovut tumanining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati bilan tanishtirildi.

Ali al-Harbiy Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 10 gektar yer maydonda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etish loyihasiga 5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doirasida halol tovuq mahsulotlarini O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga eksportni amalga oshirishdan iborat.

O‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida AAH Commercial Company kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: