Traficom fin agentligi Eagle S tankerini tekshirmoqchi

Jahon 15:45 / 31.12.2024 1094

Finlandiyaning Traficom transport va aloqa agentligi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidan o‘tgan Estlink 2 elektr uzatish liniyasiga zarar yetkazilgani uchun qo‘lga olingan Eagle S tankerini tekshirmoqchi, bu haqda Finlandiyaning STT axborot agentligi 30 dekabr, dushanba kuni xabar berdi.

Unga ko‘ra, Traficom kemaning ro‘yxatga olinishi va uning xalqaro tashish qoidalariga muvofiqligini kuzatishni rejalashtirmoqda.

Agar shubha tug‘ilsa, tanker qoidabuzarliklar tuzatilgunga qadar qo‘lga olinishi mumkin. Tekshiruv politsiya tergovi ruxsat berishi bilanoq amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi.

Eagle S RFning «soyadagi» floti bir qismi bo‘lishi mumkin

YeI ma’lumotlariga ko‘ra, Eagle S Rossiyaning «soyadagi» floti bir qismi bo‘lishi mumkin. Gap chet el bayroqlari ostida yurgan kemalar haqida ketmoqda, bu kemalardan Moskva Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi munosabati bilan joriy qilingan neft embargosini chetlab o‘tish uchun foydalanadi.

Tanker Helsinki sharqiga langar tashlagan va ekipaj so‘roq qilinmoqda. Finlandiya hukumati qo‘poruvchilik ehtimolini gumon qilmoqda.

Finlandiya politsiyasi va qirg‘oq xavfsizligi tergov ishlarini olib bormoqda.

Eagle S Kuk orollari bayrog‘i ostida harakatlanadi.

Fin ko‘rfazida kabelga zarar yetkazgan langar izi topildi

Finlandiyalik tergovchilar Boltiq dengizi tubida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr uzatish liniyasi shikastlangan joyda «o‘nlab kilometr» iz qoldirilganini aniqladilar, deb yozadi 29 dekabr kuni Reuters agentligi.

«Ushbu izning uzunligi o‘nlab kilometrni tashkil etadi», — deydi agentlikka mas’ul tergovchi Sami Paylu. Shu bilan birga, Finlandiya tergov vakilining ta’kidlashicha, langarning o‘zi hali topilmagan.

Avvalroq OAVda kabelga shikast yetkazganlikda gumon qilinib, Finlandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Eagle S tankeri surati chop etilgan edi. Ular tanker chap tomonida langarga ega emasligini ko‘rsatadi, garchi u xuddi shu kemaning oldingi fotosuratlarida mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: