Loyiha mualliflari "Labzak" mahallasi aholisini yig‘ib, ularga loyiha haqida batafsil ma’lumot berib, fikr-mulohazalarini bildirish imkonini yaratdi. Toshkentda yirik obektlarni mahalliy aholi fikrini hisobga olmasdan qurish odatiy holga aylanib bormoqda. Turli muloqot shakllari Shaharsozlik kodeksi va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan, ammo ular amaliyotda kamdan-kam qo‘llaniladi. Bunday format Toshkentda yirik obektlarni qurishda jamoatchilik fikrini hisobga olish borasida yangilik hisoblanadi, bu yerda barcha tomonlarning fikrlari eshitilib, manfaatlar o‘zaro muvofiq kelishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvlaridan avval kommunikatsiya agentligi jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlarini olib bordi. Research Group Central Asia sotsiologik tadqiqot agentligi yordamida 25–29 dekabr kunlari "Labzak" mahallasi ko‘p qavatli uylarida xonadonma-xonadon so‘rov o‘tkazildi.
Eshituvda taniqli arxitekturachilar, urbanistlar va jamoat arboblari loyihaning shahar muhitiga ta’sirini tahlil qilishdi, aholi fikri eshitildi.
Eshituvlar va so‘rovlar davomida yig‘ilgan barcha fikr va takliflar, shuningdek, mutaxassislarning xulosalari yakuniy protokolga kiritildi. U Toshkent shahar hokimiyatiga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga, shuningdek, Toshkentda qurilish ishlarini nazorat qiluvchi boshqa davlat organlariga taqdim etildi.
Reklama