Kutilganidan ziyod konsepsiya
Tashwell taqdimoti CAYex Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida, “Kutilganidan ziyod” shiori ostida o‘tkazildi. Loyiha noyob landshaft dizayni bilan o‘ralgan beshta turar joy blokini o‘z ichiga oladi. 3 gektar maydonning 75 foizidan ortig‘ini yashil hududlar egallaydi, bu esa majmuani shahar muhitidagi vohaga aylantiradi.
Arxitektura yechimlari va ijtimoiy makonlar aholi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.
Yangi avlod turar joy binosi
Kompleksning asosiy afzalliklari quyidagilardir:
— yopiq suzish havzasi, turk hammomi, infraqizil sauna, bug‘xonalar, shuningdek gidroterapiya va aromaterapiya zonalarini o‘z ichiga olgan sog‘lomlashtirish markazi;
— shifobaxsh xushbo‘y bog‘lar, hovuzchalar va dam olish ayvonlari bilan bezatilgan manzarali landshaft dizayni;
— yugurish va sayr qilish yo‘laklari, bolalar o‘yin maydonlari, ochiq sport maydonlari kabi sport inshootlari;
— binolar dizayni, qo‘llanadigan materiallar va xizmatlarga singdirilgan sog‘lom turmush tarzini ta’minlash falsafasi.
“Uy inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim”, – deya ta’kidladi Koç Construction direktorlar kengashi rais o‘rinbosari O‘mer Sarikoch.
Uning so‘zlariga ko‘ra, salomatlikka qaratilgan turar joy majmuasi g‘oyasi jahon tendensiyasiga aylanib bormoqda va Tashwell bu yondashuvni birinchi bo‘lib O‘zbekistonga olib kirmoqda.
Investitsion jozibadorlik
InvestinOZ kompaniyasining boshqaruvchi sherigi, loyihani rivojlantirish, sotish va marketing bo‘yicha maslahatchisi Ozan Karademir majmuada sotuvlar allaqachon boshlanganini ma’lum qildi.
Tanlov uchun turli xil rejadagi 1440 ta kvartira taklif etilmoqda: ixcham studiyalardan tortib to keng to‘rt xonali kvartiralargacha.
Yangi hashamat: tabiiylik va salomatlik
Tashwell loyihasining taqdimoti ko‘plab mashhur mehmonlarni o‘ziga jalb qilib, ularga loyiha muhitiga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini berdi. Taqdimot zalining markaziy qismi bo‘lgan “Hayot daraxti” alohida e’tiborni tortdi, u yangi turar joy falsafasining ramziy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Har bir tafsilotda aks etgan tabiiy hashamat tushunchasi loyihaning asosiy g‘oyasini ta’kidlaydi: inson va atrof-muhit o‘rtasidagi uyg‘unlik.
O‘zbekistonda uy-joylar kelajagi
Tashwell loyihasi Toshkent ko‘chmas mulk bozoriga yangi andozalarni joriy etmoqda. Bu shunchaki turar joy majmuasi emas, balki aholining baxtli, sog‘lom va uyg‘un hayot kechirishini ta’minlaydigan to‘laqonli ekotizimdir.
Shu bilan birga, Tashwell nafaqat qulaylikni, balki ko‘chmas mulk qiymatining o‘sish istiqbollarini izlayotganlar uchun ham foydali sarmoya hisoblanadi.
Tashwell bu – oddiy turar joy emas, bu – qulaylik va farovonlik haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirishni va’da qiladigan yangi hayot darajasi.
Sayt: tashwell.uz
Instagram: instagram.com/tashwell.uz
Savdo bo‘limi: + 998 78 777 24 24
Mo‘ljal: Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 100-uy
Reklama huquqi asosida