Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 98,8 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,1 ming nafarga yoki 77,3 foizga oshgan.
O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston — 75 466 nafar;
Qozog‘iston — 11 383 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 9 205 nafar;
Rossiya — 1 746 nafar;
Turkmaniston — 794 nafar;
Afg‘oniston — 44 nafar;
Turkiya — 39 nafar;
Ukraina — 17 nafar;
Ozarboyjon — 15 nafar;
AQSh — 12 nafar;
Boshqa davlatlar — 82 nafar.