Toshkentdan Ostonaga uchgan reys ortga qaytarildi

O‘zbekiston 20:48 / 28.12.2024 13198

Uzbekistan Airways’ning 28 dekabr kuni Toshkentdan Ostonaga uchgan reysi ortga qaytarildi, deb xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishida HY721 reysi (Toshkent — Ostona yo‘nalishi) bortidagi yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli samolyot Toshkent shahridagi jo‘nash aeroportiga qaytarilgan.

«HY721/722 reysi (28 dekabr) bo‘yicha yangilangan jadval haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Toshkent — Frankfurt yo‘nalishida parvoz qilgan yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli samolyot favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Vnukovo xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.

Frankfurt aeroporti reglamentga ko‘ra, yopilishidan oldin yetib borishning imkoni bo‘lmagani sababli, HY231 reysi samolyoti Toshkentdagi jo‘nash aeroportiga qaytariladi.

HY231 reysi yo‘lovchilariga quyidagi muntazam reyslar bilan parvoz qilish taklif etiladi:

·    29 dekabr kuni Myunxenga amalga oshiriladigan reys;

·    30 dekabr kuni Frankfurtda amalga oshiriladigan reys;

HY232 reysi (Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi) yo‘lovchilarini 30 dekabr kuni HY232 reysi orqali qaytarish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: