Ostona va Toshkent o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi
Qozog‘iston o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari uchligiga kirdi.

Foto: Sputnik / Vladislav Vodnev
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 198 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 65,9 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga o‘sgan.
Qayd etilishicha, umumiy savdo hajmidan eksport 26,9 milliard AQSh dollarini (+8,4 foiz), import esa 38,9 milliard AQSh dollarini (+0,8 foiz) tashkil etgan.
"Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 12,4 milliard AQSh dollarini (umumiy hajmning 18,9 foizi) tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya ikkinchi o‘rinda - 11,6 milliard AQSh dollari (17,6 foiz), yetakchilar uchligini esa Qozog‘iston yakunlaydi - 4,22 milliard AQSh dollari (6,5 foiz foiz)", – deb yozadi agentlik.
O‘zaro tovar ayirboshlash tarkibida O‘zbekiston Qozog‘istonga 1,4 milliard AQSh dollarlik tovarlar eksport qildi, import esa - 2,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025