O‘zbekistondan Britaniyaga eksport hajmi 105 foizga oshdi 

O‘zbekiston 12:56 / 28.12.2024 1040

Unda O‘zbekiston viloyatlari hokimliklarining eksportga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ullari hamda yetakchi eksportyorlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Britaniyaga eksport qilish jarayonida tarif va notarif to‘siqlarni yengib o‘tish, tovarlarni o‘rash, qadoqlash, belgilash (markirovka), sertifikatlashtirish, havo va avtomobil transporti bilan tashish va boshqa talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

2024 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan Britaniyaga eksport hajmi 2023 yilning shu davriga nisbatan 105 foizga oshdi va 133,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yilda ilk bor eksport ko‘rsatkichlarining o‘sishi va importning kamayishi kuzatildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston korxonalari tomonidan 30 xil turdagi mahsulotlar Buyuk Britaniyaga eksport qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: