Yevropada bir qator Rossiya ommaviy axborot vositalarining Telegram kanallari bloklandi

Fan-texnika 00:27 2922

Yevropaning qator davlatlari foydalanuvchilariga Rossiyaning «RIA Novosti» davlat agentligini Telegram kanali kirish cheklandi, deb xabar beradi «Meduza».

Kanal bloklangani to‘g‘risida Latviya, Germaniya, Litva, Niderlandiya va Fransiyadagi foydalanuvchilar xabar bergan.

«Ushbu kanal mahalliy qonunchilikni buzgani uchun bloklandi», — deyiladi xabarda. 

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Yevropada, shuningdek, «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta», «Perviy kanal», «NTV», «Rossiya-24»ning Telegram kanallari ham bloklangan.

«RIA Novosti» o‘zining muxbirlariga tayanib yozishicha, agentlikning Telegram kanali Polsha, Belgiya, Shveytsariya, Gretsiya, Chexiya va Italiyada ham bloklangan.

2024 yilning mayida Yevropa Ittifoqi Kengashi Yevropa davlatlari hududida Rossiya rasmiylarining targ‘ibotini tarqatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi to‘rtta rus ommaviy axborot vositalari faoliyatini to‘xtatgan edi. Jumladan, «RIA Novosti», «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta» va «Golos Yevropy» nashrlari taqiqlangandi. 

Yevropa Ittifoqi Kengashi ushbu ommaviy axborot vositalari «Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining doimiy bevosita yoki bilvosita nazorati ostida» va «Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaganini» ta’kidlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: