GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi

Jahon 09:32 / 28.12.2024 3902

Ukrainaning uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparatlari nishongacha 2 ming kilometr masofani bosib o‘ta oladi, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov 28 dekabr, shanba kuni "Novini.LIVE" telekanaliga

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududida Ukraina chegarasidan ancha uzoqda sodir bo‘layotgan portlashlar shunchaki yuz bermayapti, biroq aksariyat hollarda Kiyev ularga aloqadorligini tasdiqlamaydi va inkor etmaydi. Yusovning ta’kidlashicha, Rossiya hududiga barcha hujumlar faqat armiya bilan bog‘liq harbiy obektlar yoki uni moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minot yoki mudofaa infratuzilmasiga qarshi amalga oshiriladi.

Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi ichidagi nishonlarga qarshi dronlardan foydalanishi bilan bog‘liq shov-shuvli holatlar orasida 2024 yil noyabr oyi boshida Dog‘istonning Kaspiysk shahrida Ukraina chegarasidan taxminan 1500 kilometr uzoqlikdagi harbiy nishonlarga berilgan zarba ham bor. Yana bir shunga o‘xshash hujum may oyining boshida Orenburg oblasti Orsk shahridagi «Voronej M» uzoq masofali nishonni aniqlash stansiyasiga qarshi amalga oshirilgan. O‘shanda dron 1800 kilometr masofani bosib o‘tdi.

UQK dronlari Rostov oblastidagi Millerovoga hujum qildi

Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 23 dekabr kuni harbiy aerodrom joylashgan Rostov oblastining Millerovo shahriga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar va Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Millerovo hududida sakkizta Ukraina UUAni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Rostov oblastida to‘qqizta uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini ma’lum qildi.

Yuriy Slyusarning ta’kidlashicha, «tezkor ma’lumotlarga ko‘ra», hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: