Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

O‘zbekiston 09:37 / 27.12.2024 20643

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, uzoq yillar davomida davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritgan Avazbek Ergashev hayotdan ko‘z yumdi. Bu  haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Avazbek Ergashev 1966 yil Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992-2022 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati «Paxta urug‘chilik» birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «G‘o‘za urug‘chiligi» respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

2006-2020 yillarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi bo‘lgan, 2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 2022 yil fevralidan buyon Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

U 2023 yil aprel oyi o‘rtalarida Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: