Uchrashuv davomida mamlakatda ijtimoiy yo‘nalishda olib borilayotgan siyosat, jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati, jumladan, tibbiy, huquqiy, psixologik va xavfsizlik xizmatlarini bir joyda ko‘rsatish hamda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar va bolalar uchun xavfsiz boshpanalarni tashkil etish bo‘yicha Janubiy Koreyaning boy tajribasini o‘rganishning muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning huzuridagi tegishli tashkilotlar xodimlari uchun trening hamda malaka oshirish dasturlarini uyushtirish, shuningdek, ayollar va bolalar himoya markazlari hamda "Taktin" markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.