O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi

Iqtisodiyot 09:23 / 24.12.2024 3016

Statistika agentligi ma’lum qilishicha, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 24 223,0 mln AQSh dollariga (2023 yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,4 foizga ko‘paydi) va import hajmi 35 145,8 mln AQSh dollariga (3,0 foizga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 10 922,8 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning 195 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (19,0 foiz), Rossiyada (18,0 foiz), Qozog‘istonda (6,5 foiz), Turkiyada (4,4 foiz) va Koreya Respublikasida (3,0 foiz) qayd etilgan.

2024 yil yanvar-noyabr oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 35,4 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023 yilning mos davriga nisbatan 3,0 foizga ko‘paydi.

2024 yil yanvar-noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Afg‘oniston, Fransiya va Tojikiston kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 40,5 foizni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: