Amerikaning Falcon 9 tashuvchi raketasi orbitaga 30 ta mikro sun’iy yo‘ldoshni, jumladan, Janubiy Koreya harbiy apparatini orbitaga uchirdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, raketa Kaliforniyadagi Vanderberg kosmik kuchlari bazasidagi SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan.
Bandwagon-2 missiyasi doirasida 29 ta tijoriy, shuningdek, 30-50 sm aniqlikdagi tasvirlarga olishga qodir Janubiy Koreya hukumatining optik-elektron razvedka apparatini orbitaga olib chiqqan.
Og‘irligi 50 kilogrammgacha bo‘lgan kichik o‘lchamdagi har bir sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishga 300 ming dollar sarflangan.
21 marta foydalanilgan tashuvchi raketaning birinchi ko‘p martalik pog‘onasi Vanderberg bazasidagi maydonchaga boshqariluvchan vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.
Avvalroq Falcon 9 raketasi AQSh Harbiy-havo kuchlarining uchinchi avlod GPS III global sun’iy yo‘ldosh tizimini orbitaga olib chiqqandi. Undan oldin esa Falcon 9 raketa tashuvchisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.