Meksikada har bir xodim ish joyida stulga ega bo‘lishini kafolatlovchi qonun qabul qilindi

Jahon 00:48 2668

Meksikada savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlarga ish joyida o‘tirish huquqini beruvchi yangi qonun qabul qilindi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, endi kassirlar, sotuvchilar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa xodimlar suyanish mumkin bo‘lgan stuldan foydalanishi yoki smena vaqtida muntazam tanaffusga chiqishi mumkin.

Qonun ish beruvchiga olti oy muddatda ish zonalarini stullar bilan jihozlash majburiyatini yuklaydi. Agar ish turi xodimga o‘tirish imkonini bermasa, kompaniyalar ish jadvaliga majburiy tanaffuslarni kiritishi kerak. 

Mazkur talabni buzganlar 13 ming yevrogacha jarimaga tortiladi, qonunbuzarlik qayta takrorlansa, inspeksiya tomonidan qo‘shimcha nazorat o‘tkaziladi. 

Yangi qonunni ilgari surgan deputatlardan biri Patrisiya Merkadoning ta’kidlashicha, «hech kim butun ish kuni davomida tik oyoqda turmasligi kerak». Statistikaga ko‘ra, meksikalik ishchilarining deyarli yarmi o‘z smenalarini tik oyoqda o‘tkazadi, ayrimlarida esa tanaffus olish imkoniyati ham yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: