Rossiya O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatadi

O‘zbekiston 16:10 / 17.12.2024 726

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida imzolangan.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: