O‘zbekiston | 12:16 / 17.12.2024
1155
1 daqiqa o‘qiladi
Ma’muriy-hududiy birliklar davlat reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi
Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish va ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartiblarini belgilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Reyestr quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
- hudud kodi;
- ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari;
- ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
- ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, bo‘ysunuvini o‘zgartirish sanalari;
- doimiy aholi soni va boshqalar.
Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi.
Hujjat bilan:
- O‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Mavzuga oid

11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi

11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi

13:02 / 30.01.2025
Ukrainaga yetkazilgan harbiy zarar reyestri Rossiyada nomaqbul deb topildi

16:39 / 17.01.2025