Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlarida insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi
Sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar reyestrga kiritiladi.
«Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatdan iborat bo‘lib, unga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari to‘g‘risidagi;
- majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
- davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar to‘g‘risidagi;
- sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to‘g‘risidagi.
Insofsiz ijrochi reyestrga kiritilganidan boshlab 2 yil muddat o‘tgandan so‘ng avtomatik tarzda reyestrdan chiqariladi.
Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga ko‘ra reyestrdan chiqarilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
-
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 08:02
Mavzuga oid

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi

11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi

13:02 / 30.01.2025