Malayziyada "O‘zbekiston madaniyati haftaligi" o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:42 / 16.12.2024 595

Uchrashuvda turizm, madaniy almashinuvlar, ta’lim, malaka oshirish va o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziyada "O‘zbekiston madaniyati haftaligi"ni tashkil qilish, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma komissiya ta’sis etish, turoperatorlar tomonidan turpaketlarni diversifikatsiya qilish, respublika vakillari uchun yangi malaka oshirish dasturlarini uyushtirish kabi rejalar belgilab olindi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ushbu sohalardagi aloqalar jadal rivojlanib borishi sharoitida o‘zaro shartnomaviy bazani takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar.

Vazir Tiong King Sing O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, respublikaning boy madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. 

"Bunday tizimli siyosat mamlakatni dunyoda yanada keng tanitishi, turizmni iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantirishi va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 2025 yilda YuNeSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqidagi qaror respublikaning nufuzli madaniy diplomatiya va ishbilarmonlik markaziga aylanib borayotganidan dalolatdir", - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: