Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga har bir viloyatda 1 tadan texnikum biriktiriladi.
“Yashil” texnikumlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida:
- “Yashil” texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlarini universitetga biriktirish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi;
- “Yashil” texnikumlar atrofida amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun Ekologiya vazirligining talabnomasiga ko‘ra botanika yoki dendrologiya bog‘larini tashkil etish uchun zarur yer maydonlari ajratiladi;
- “Yashil” texnikumlar binolarini qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqiladi;
- “Yashil” texnikumlar atrofida bog‘lar tashkil etiladi va unda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.