Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi

O‘zbekiston 11:19 / 16.12.2024 960

Suhbat chog‘ida Kuvaytdagi turli kompaniyalar, shifoxona, ta’lim muassasalari va mehmonxonalarda O‘zbekiston fuqarolarining bandligini ta’minlash istiqbollari xususida fikr almashildi.

Alderaihem International Company ta’sischisi o‘rinbosari Mishal Al-Muhanna kompaniya Kuvaytdagi turli korxonalarga barcha toifadagi xorijiy ishchi kuchini yetkazib berish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.

Kuvayt vakiliga O‘zbekistondan xorijga ishlash uchun yuboriladigan fuqarolarga qo‘yiladigan talablar, ularni til bilish darajasi va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. 

Malakali tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni tayyorlash hamda ularni Kuvaytga yuborishga e’tibor qaratildi. 

Tomonlar kelgusida migratsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.

 

Ko‘proq yangiliklar: