RF G‘arbiy Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng yirik hujumni amalga oshirdi

Jahon 09:23 / 14.12.2024 17812

Ukrainaning g‘arbiy hududlari keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasining eng katta hujumiga duchor bo‘ldi. Bu haqda 13 dekabr, juma kuni mahalliy hokimiyat ma’lum qildi.

G‘arbiy Ukrainaga hujum

«Bugun ertalab Karpatorti to‘liq miqyosli urush paytida eng katta hujumga duchor bo‘ldi, tong saharda dushmanlar hujumkor samolyotlar va qanotli raketalarni qo‘lladi», — deydi Ivano-Frankivsk OHM rahbari Svetlana Onishchuk Telegramʼda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, biroq raketalarning bir qismi o‘z maqsadiga yetgan.

«Dushman bizning mintaqamizdagi energetika obektlariga hujum qildi», — dedi Lviv oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘i Maksim Kozitskiy. Uning qayd etishicha, o‘qqa tutish sababli mintaqada elektr ta’minotidagi uzilishlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘qqa tutilgani haqida Ukrainaning Kirovograd va Ternopil oblastlari harbiy ma’muriyatlari rahbarlari ham xabar berishgan.

Ukraina Energetika vazirligining xabar berishicha, bu joriy yilda mamlakatning fuqarolik energetika infratuzilmasiga qilingan 12-katta hujumdir. Bugungi kunda energiya ta’minotiga qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. DTEK energetika holdingi issiqlik elektr stansiyalariga hujum uyushtirilgani va uskunalar jiddiy shikastlangani haqida xabar berdi. Gap qaysi mintaqa haqida ketayotgani aniqlashtirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: