Donaten Xissar oxirgi 5 yil ichida jahonda talabalar almashinuvi 248 million nafar, ya’ni 25 foizga oshganiga e’tibor qaratdi. 2016-2021 yillar mobaynida chet elga ta’lim olish uchun yuborilgan talabalar soni bo‘yicha Germaniyadan so‘ng (126,3 ming nafar) O‘zbekiston o‘ntalik reytingda 5 o‘ringa (109 945 nafar, +234 foiz) chiqqanligi alohida ta’kidlandi.
Fransiya vakili ushbu ijobiy dinamikadan kelib chiqib, O‘zbekiston bilan ta’lim sohasida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Fransiya oliy o‘quv yurtlari O‘zbekistonda ulkan inson kapitali, respublikaning boy ilmiy-ta’lim bazasini hisobga olgan holda mamlakatimiz ta’lim bozorida ishtirok etishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Toshkentda tashkil etilayotgan "O‘zbek-fransuz" universiteti ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida ko‘plab imkoniyatlarni ochib berishi, xususan, talabalar almashinuvini yanada kuchaytirishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tomonlar 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan uchinchi "O‘zbek-fransuz" ta’lim forumini yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Bundan tashqari, Fransiyaning iqlim o‘zgarishi, ekologiya, atrof muhit va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zbekistonlik talabalarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.