Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus bo‘linma tashkil etiladi

Jahon 08:05 1736

Germaniyada faqat ichki xavfsizlik bilan shug‘ullanadigan yangi harbiy bo‘linma tashkil etiladi. Bu haqda nemis armiyasi vakiliga tayanib, Tagesshau xabar berdi. 1 apreldan tashkil etish rejalashtirilgan ushbu diviziya tarkibidan barcha zaxira bo‘linmalar o‘rin oladi va shu orqali ular bevosita bundesvar qo‘mondonligi ostiga o‘tadi. 

Qayd etilishicha, milliy xavfsizlik kuchlari keskinlik yoki mojaro vaqtida ichki infratuzilmani — portlar, temiyo‘l obektlari, shuningdek, quvurlar, qo‘shinlarni joylashtirishga mo‘ljallangan yo‘llar, ko‘priklar, transport tugunlarini himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Bunga qadar ichki xavfsizlikni ta’minlash bilan davlat qo‘mondonligi ostida bo‘lgan rota va polklardan iborat bundesvar hududiy zaxiralari shug‘ullangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda to‘rtta polk va zaxiradagilardan tashkil topgan 37 ta ichki xavfsizlik rotasi mavjud.

Ta’kidlanishicha, bu nemis armiyasining 64 ming harbiydan iborat Germaniya quruqlikdagi qo‘shinlarini birlashtiruvchi to‘rtinchi bo‘linmasiga aylanadi. Shuningdek, undan NATOga qarshi mojarolar yuzaga kelganda kuchlarni Polsha, Litva va Estoniya kabi alyansning tashqi chegaralariga joylashtirish mumkin bo‘ladi.

Reutersʼning qayd etishicha, mazkur yangilik nemis diviziyalari sonini (bo‘linmalarda taxminan 20 mingdan harbiy xizmatchi bor) Germaniya Qurolli kuchlarining umumiy sonini (taxminan 180 ming) oshirmagan holda ko‘paytirish imkonini beradi. Agentlikka ko‘ra, ushbu qadam Berlinga hududiy mudofaa qo‘mondonliklari tuzilmasini tartibga solishda yordam beradi.

2024 yilning yozida bundesvar bosh inspektori o‘rinbosari general-leytenant Aleksandr Xoppe Germaniya zaxiradagi harbiylar sonini kamida 60 ming kishiga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi. Uning fikricha, zaxiradagilar xuddi sovuq urush vaqtidagidek jang maydonida qo‘shinlar o‘rnini egallashda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarga o‘rgatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: